Oxirgi yangilanish: 2025-yil
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish siyosati
Ushbu Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish siyosati (keyingi o‘rinlarda – Siyosat) www.finko.uz raqamli platformasi (keyingi o‘rinlarda – Platforma) foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari qanday tartibda to‘planishi, qayta ishlanishi, saqlanishi va himoya qilinishini belgilaydi. Platforma operatori – «FINANCE KO» MChJ (keyingi o‘rinlarda – Operator) bo‘lib, u IT Park rezidenti va axborot vositachisi sifatida foydalanuvchilar hamda hamkorlar o‘rtasida texnologik o‘zaro aloqani ta’minlaydi.
I. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Siyosat Platforma foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi hamda Operatorning ichki normativ hujjati hisoblanadi. Platforma bilan bog‘liq barcha xodimlar, hamkorlar va foydalanuvchilar ushbu Siyosat talablariga rioya qilishlari shart.
1.2. Operator IT Park rezidenti sifatida Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qaroriga muvofiq axborot vositachisi funksiyasini bajaradi va foydalanuvchilarni banklar, mikromoliya tashkilotlari, lizing, sug‘urta, konsalting va baholash tashkilotlari bilan texnologik jihatdan bog‘lovchi Platformani ta’minlaydi. Operator o‘zi moliyaviy tashkilot emas va kredit, omonat, hisob-kitob yoki sug‘urta faoliyatini amalga oshirmaydi.
1.3. Operator o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jumladan, "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonun, "Elektron tijorat to‘g‘risida"gi Qonun, elektron tijoratni amalga oshirish tartibini belgilovchi VMQ 185-son qarori hamda axborot xavfsizligi va axborot vositachilari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
1.4. Siyosat Platformadan foydalanish jarayonida Operator tomonidan olingan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tamoyillari va tartibini, shuningdek ularni uzatish, saqlash va himoya qilish bo‘yicha talablarni belgilaydi.
1.5. Siyosatning maqsadi – foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ma’lumotlar bilan ishlash jarayonining shaffofligini ta’minlash, Platformada ma’lumotlarni uzatish, saqlash va foydalanish uchun xavfsiz sharoit yaratish hamda noqonuniy kirish, yo‘qotish yoki o‘zgartirish risklarini kamaytirishdir.
1.6. Operator shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda qonuniylik, adolatlilik, shaffoflik, maqsadga muvofiqlik va minimallashtirish tamoyillariga amal qiladi hamda ma’lumotlarni himoya qilish uchun zamonaviy tashkiliy va texnik choralarni qo‘llaydi.
1.7. Platformadan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu Siyosat bilan tanishganini, uning mazmunini tushunganini va shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qayta ishlashga rozilik bildirganini tasdiqlaydi.
1.8. Siyosatda qo‘llanilgan atama va tushunchalar FINKO Platformasining foydalanuvchi shartnomasida belgilangan ma’nolarga ega bo‘lib, agar aynan ushbu Siyosatda boshqacha izoh berilmagan bo‘lsa, shu ma’noda qo‘llaniladi.
II. Qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlar toifalari
2.1. Operator Platformada ro‘yxatdan o‘tish, shaxsni aniqlash, arizalarni rasmiylashtirish, hamkorlar bilan o‘zaro aloqani tashkil etish va elektron shartnomalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
2.2.1. Identifikatsiya ma’lumotlari:
familiya, ism, ota ismi (mavjud bo‘lsa), tug‘ilgan sana va joy, jins, pasport yoki ID-karta ma’lumotlari (raqam, berilgan sana va organ), PİNFL yoki boshqa identifikatorlar, shuningdek OneID yoki boshqa davlat identifikatsiya tizimlari orqali taqdim etilgan surat yoki boshqa biometriya ma’lumotlari.
2.2.2. Aloqa ma’lumotlari:
mobil telefon raqami, elektron pochta manzili, yashash yoki joylashuv (ro‘yxatdan o‘tish) manzili va foydalanuvchi ko‘rsatgan boshqa aloqa rekvizitlari.
2.2.3. Platformadan foydalanish ma’lumotlari:
ro‘yxatdan o‘tish va hisob yozuvlari, tizimga kirish, ariza yuborish, hujjatlarni imzolash kabi harakatlarning sanasi, vaqti va mazmuni, shuningdek foydalanuvchi va hamkorlar tomonidan amalga oshirilgan yuridik ahamiyatga ega elektron harakatlar jurnallari.
2.2.4. Moliyaviy-analitik ma’lumotlar:
daromadlar, majburiyatlar va mablag‘lar manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ariza berishda ko‘rsatilgan bo‘lsa), foydalanuvchi roziligi asosida kredit byurolaridan olingan ma’lumotlar, skor baholari, kredit reytinglari va risk profillari hamda foydalanuvchi va hamkor o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi doirasida yuboriladigan ma’lumotlar.
2.2.5. Kasbiy va tashkilotga oid ma’lumotlar (yuridik shaxslar, YATT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun):
tashkilot nomi va ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari, STIR, manzil, bank rekvizitlari, vakillar va vakolatli shaxslar haqidagi ma’lumotlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.
2.2.6. Texnik ma’lumotlar:
IP-manzil, brauzer turi, qurilma va operatsion tizim versiyasi, interfeys tili, Platformadagi funksional harakatlar haqidagi ma’lumotlar, cookie fayllar orqali saqlanadigan sozlamalar va foydalanuvchi ruxsat bergan taqdirda geolokatsiya ma’lumotlari.
2.2.7. Muloqot va o‘zaro aloqa ma’lumotlari:
Platforma interfeysi orqali Operator va hamkorlar bilan yozishmalar, yuborilgan fayllar va elektron hujjatlar, texnik qo‘llab-quvvatlashga murojaatlar, fikr-mulohazalar va sharhlar.
2.2.8. Foydalanuvchi roziligi bilan qayta ishlanadigan boshqa ma’lumotlar:
davlat va xususiy axborot tizimlari (OneID, MyID, kredit byurolari, to‘lov shlyuzlari, hamkorlarning CRM tizimlari va boshqalar) bilan integratsiyalar orqali olingan ma’lumotlar hamda so‘rovnomalar, anketalar va qayta aloqa shakllari orqali foydalanuvchi ixtiyoriy ravishda taqdim etgan ma’lumotlar.
2.3. Operator irqi, etnik kelib chiqishi, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodi, sog‘lig‘i va intim hayotiga oid maxsus toifadagi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘maydi va qayta ishlamaydi.
2.4. Operator hisob-kitob faoliyatini amalga oshirmaganligi sababli, foydalanuvchilarning to‘lov rekvizitlari va bank kartalari ma’lumotlari to‘planmaydi va saqlanmaydi.
2.5. Shaxsiy ma’lumotlar manbalari – foydalanuvchi tomonidan bevosita kiritilgan ma’lumotlar, foydalanuvchi roziligi bilan davlat va boshqa tizimlardan olingan ma’lumotlar, shuningdek Platformadan foydalanish natijasida shakllanadigan ma’lumotlardir.
2.6. Barcha shaxsiy ma’lumotlar ushbu Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlar doirasida va zarur bo‘lgan hajmda qayta ishlanadi hamda foydalanuvchi qo‘shimcha roziligisiz boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi, bundan qonunchilikda bevosita nazarda tutilgan holatlar mustasno.
III. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlari va tamoyillari
3.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Platformada ro‘yxatdan o‘tkazish va hisob yaratish; shaxsni identifikatsiya qilish va ma’lumotlarni tekshirish; moliyaviy, lizing, sug‘urta va boshqa xizmatlar bo‘yicha elektron arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish; hamkorlarga zarur ma’lumotlarni yuborish; elektron hujjatlar va shartnomalarni shakllantirish va saqlash; elektron harakatlarning yuridik ahamiyatini tasdiqlovchi loglarni yuritish; Platformaning ishlashini ta’minlash va xavfsizlikni oshirish; foydalanuvchilarni o‘zgarishlar haqida xabardor qilish; texnik qo‘llab-quvvatlash; xizmatlarni yaxshilash uchun analitik va statistika yuritish; foydalanuvchi alohida roziligi asosida marketing xabarlari yuborish; qonunchilik talablarini bajarish.
3.2. Shaxsiy ma’lumotlar, ayniqsa, marketing va reklama maqsadlarida faqat foydalanuvchining alohida, aniq va ongli ravishda berilgan roziligi asosida qayta ishlanadi va bu rozilikda belgilangan chegaralardan chiqilmaydi.
3.3. Ma’lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari quyidagilardan iborat: foydalanuvchi roziligi; foydalanuvchi taraf yoki foyda oluvchi bo‘lgan shartnomani bajarish zarurati; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish; Platformaning ishlashi va xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq Operatorning qonuniy manfaatlari, bunda foydalanuvchi huquq va erkinliklari buzilmaydi.
3.4. Operator shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda qonuniylik va vijdonlilik, maqsadga muvofiqlik va minimallashtirish, ishonchlilik va dolzarblik, saqlash muddatlarini cheklash, maxfiylik va xavfsizlik, hamda qayta ishlash jarayonining shaffofligi tamoyillariga amal qiladi.
3.5. Operator faqat avtomatlashtirilgan qayta ishlashga asoslangan holda foydalanuvchi uchun huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradigan qarorlar qabul qilmaydi. Skoring, reytinglar va boshqa avtomatik baholash natijalari faqat axborot va tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, yakuniy qaror hamkorlar tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi.
IV. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlari
4.1. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Operatorning ichki reglamentlari va axborot xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
4.2. Ma’lumotlar avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan usullar orqali to‘planishi, yozib olinishi, tizimlashtirilishi, saqlanishi, aniqlashtirilishi, foydalanilishi, uzatilishi, anonymizatsiya qilinishi, bloklanishi va yo‘q qilinishi mumkin.
4.3. Qayta ishlash jarayonida himoyalangan serverlar, sertifikatlangan kriptografik vositalar va ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlovchi texnologiyalar qo‘llanadi. Shaxsiy ma’lumotlarga kirish faqat ish vazifalari bilan bog‘liq vakolatli xodimlarga beriladi.
4.4. Shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq barcha harakatlar axborot tizimida loglar ko‘rinishida qayd etilib, ularda sana, vaqt, foydalanuvchi identifikatori va bajarilgan operatsiya tavsifi ko‘rsatiladi.
4.5. Shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish foydalanuvchi roziligi mavjud bo‘lganda, shartnomani bajarish zarur bo‘lganda, hamkorlarga (banklar, MFOlar, lizing va sug‘urta kompaniyalari, konsalting va baholash tashkilotlari) xizmat ko‘rsatish uchun zarur hajmda yoki qonunchilik talabiga binoan davlat organlariga taqdim etilishi mumkin.
4.6. Barcha hamkorlar va boshqa oluvchilar shaxsiy ma’lumotlarni ushbu Siyosat va qonunchilikda belgilangan darajada himoya qilishlari shart.
4.7. Transchegaraviy ma’lumot uzatish foydalanuvchining alohida roziligi va O‘zbekiston Respublikasi shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilingan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
4.8. Shaxsiy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, axborot xavfsizligi talablariga javob beruvchi va belgilangan tartibda sertifikatlangan ma’lumotlar markazlaridagi serverlarda saqlanadi.
4.9. Ma’lumotlar qayta ishlash maqsadlari uchun zarur bo‘lgan muddat davomida, odatda foydalanuvchining Platforma bilan oxirgi o‘zaro aloqasidan 5 (besh) yilgacha saqlanadi, agar qonun yoki shartnomalarda boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa.
4.10. Maqsadga erishilgach yoki saqlash muddati tugagach, shaxsiy ma’lumotlar Operatorning ichki tartibiga muvofiq yo‘q qilinadi yoki anonimlashtiriladi.
4.11. Foydalanuvchi o‘z roziligini istalgan vaqtda Platformadagi aloqa formasi yoki Operator manziliga yozma murojaat orqali qaytarib olishi mumkin. Bunda, ma’lumotlarni saqlash qonunchilik talab qiladigan hollarda davom ettirilishi mumkin.
4.12. Rozilikni qaytarib olish natijasida Platformaning ayrim funksiyalari cheklanishi yoki tegishli raqamli xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lmasligi mumkinligi to‘g‘risida foydalanuvchi ogohlantiriladi.
4.13. Shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq yo‘qotish, ruxsatsiz kirish yoki boshqa insidentlar aniqlangan taqdirda, Operator ichki tekshiruv o‘tkazadi, oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi, insidentlar jurnalini yuritadi hamda zarur bo‘lsa, vakolatli organlar va foydalanuvchini xabardor qiladi.
V. Foydalanuvchi huquqlari
5.1. Shaxsiy ma’lumotlari Platformada qayta ishlanayotgan foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Siyosatda nazarda tutilgan barcha huquqlarga ega.
5.2. Foydalanuvchi o‘z ma’lumotlari mavjudligi va tarkibi, ularni kim qayta ishlayotgani, qayta ishlash maqsadlari, manbalari, saqlash muddatlari va transchegaraviy uzatish to‘g‘risida ma’lumot so‘rashga; ma’lumotlarni aniqlashtirish, yangilash, bloklash yoki yo‘q qilishni talab qilishga; qayta ishlashni vaqtincha to‘xtatish yoki cheklashni so‘rashga; rozilik berish va uni qaytarib olishga; shuningdek tegishli davlat organi yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
5.3. Ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun foydalanuvchi Platformadagi shaxsiy kabinet orqali, ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga yozma murojaat yuborish yoki Operator manziliga yozma ariza taqdim etish orqali so‘rov yo‘llashi mumkin.
5.4. So‘rovda foydalanuvchining F.I.Sh., PİNFL (mavjud bo‘lsa), aloqa ma’lumotlari va murojaat mazmuni ko‘rsatilishi lozim. Elektron so‘rovlar elektron imzo yoki OneID/MyID orqali autentifikatsiya asosida qabul qilinishi mumkin.
5.5. Operator foydalanuvchilar murojaatlarini odatda 15 (o‘n besh) kalendar kuni ichida ko‘rib chiqadi. Zarurat tug‘ilganda, bu muddat 30 (o‘ttiz) kalendar kungacha uzaytirilishi va bu haqda foydalanuvchiga xabar berilishi mumkin.
5.6. Qonunga xilof yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda, Operator ularni 3 (uch) ish kuni ichida tuzatishi, bloklashi yoki yo‘q qilishi shart hamda ko‘rilgan choralar haqida foydalanuvchini xabardor qiladi.
5.7. Rozilik bekor qilinganda, ma’lumotlar qonun talab etadigan hollardan tashqari, ma’lum texnik va huquqiy jarayonlar yakunlanishi bilan qayta ishlashdan chiqariladi.
5.8. Foydalanuvchi, ayrim huquqlarni amalga oshirishi (masalan, ma’lumotlarni to‘liq o‘chirish yoki rozilikni bekor qilish) Platforma xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ta’sir qilishi mumkinligini tushunadi.
5.9. Operator foydalanuvchilar murojaatlari jurnalini yuritadi va unda so‘rov sanasi, turi, ko‘rib chiqish natijalari va ko‘rilgan chora-tadbirlarni qayd etadi.
5.10. Foydalanuvchi Operatorning harakatlari yoki harakatsizligidan norozi bo‘lsa, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
VI. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash choralari
6.1. Operator shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz yoki tasodifiy kirish, yo‘qotish, o‘zgartirish, bloklash, nusxa ko‘chirish, tarqatish yoki boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralar kompleksini qo‘llaydi.
6.2. Xavfsizlik choralarining maqsadi – ruxsatsiz kirishni oldini olish, insidentlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, buzilish oqibatida o‘zgartirilgan yoki yo‘q qilingan ma’lumotlarni tiklash hamda qo‘llanilayotgan vositalar samaradorligini doimiy baholashdan iborat.
6.3. Operator shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul xodimni tayinlaydi, ichki axborot xavfsizligi reglamentlarini tasdiqlaydi, sertifikatlangan texnik vositalardan foydalanadi, kirish huquqlarini tabaqalashtiradi, ko‘p bosqichli autentifikatsiya va foydalanuvchi harakatlari nazoratini joriy etadi, muntazam zaxira nusxalarini yaratadi, antivirus, tarmoqlararo ekranlar va hujumlarni aniqlash texnologiyalarini qo‘llaydi, ma’lumotlar uzatilganda shifrlangan kanallardan foydalanadi, audit va xavfsizlik testlarini o‘tkazadi, xodimlarni o‘qitadi va barcha insidentlarni rasmiy ravishda qayd etadi.
6.4. Operator kamida yiliga bir marta ichki tekshiruv o‘tkazib, qonunchilik va ushbu Siyosat talablariga rioya etilishini baholaydi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
6.5. Shaxsiy ma’lumotlarga uchinchi shaxslar kirishiga faqat ular bilan tuzilgan shartnomalarda maxfiylik va ma’lumotlarni himoya qilish majburiyatlari belgilangan hamda himoya darajasi ushbu Siyosatga kamida teng bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
6.6. Ruxsatsiz kirish, yo‘qotish yoki ma’lumotlar oshkor bo‘lishi holatlari aniqlansa, Operator darhol insidentni lokalizatsiya qiladi, ichki tekshiruv o‘tkazadi, vakolatli davlat organiga va zarur bo‘lsa, tegishli foydalanuvchilarga xabar beradi.
6.7. Xavfsizlikka oid barcha texnik va tashkiliy choralar hujjatlashtiriladi va texnologiyalar, Platforma arxitekturasi yoki qonunchilik o‘zgarganda muntazam qayta ko‘rib chiqiladi.
VII. Cookie fayllar va analitika
7.1. FINKO Platformasi cookie fayllari va shunga o‘xshash texnologiyalardan (veb-mayoqlar, piksellar, qurilma identifikatorlari) foydalanadi. Bu texnologiyalar servislarning to‘g‘ri ishlashi, foydalanish qulayligini oshirish, foydalanuvchi faolligini tahlil qilish va funksionallikni takomillashtirish uchun xizmat qiladi.
7.2. Cookie fayllar – foydalanuvchi Platformaga tashrif buyurganda uning qurilmasida saqlanadigan kichik matnli fayllardir. Ular bevosita identifikatsiya qiluvchi shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olmaydi va foydalanuvchini alohida roziligisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash maqsadida ishlatilmaydi.
7.3. Operator tomonidan qo‘llaniladigan cookie turlari: texnik (majburiy) cookie’lar – saytning to‘g‘ri ishlashini, autentifikatsiya va sessiya xavfsizligini ta’minlaydi; funksional cookie’lar – til va interfeys sozlamalarini saqlaydi; analitik cookie’lar – Platformadan foydalanish statistikasi va ishlash ko‘rsatkichlarini anonim tahlil qilishga yordam beradi.
7.4. Operator Google Analytics, Yandex Metrica, Firebase, AppMetrica va ularga o‘xshash tashqi analitika servislaridan foydalanishi mumkin. Ushbu servislar ma’lumotlarni o‘z maxfiylik siyosatlari asosida, odatda anonim shaklda qayta ishlaydi.
7.5. Foydalanuvchi brauzer yoki mobil ilova sozlamalarida cookie’lardan foydalanishni cheklashi yoki butunlay o‘chirib qo‘yishi mumkin. Bunda Platformaning ayrim funksiyalari to‘liq yoki to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
7.6. Analitik ma’lumotlar faqat anonimlashtirilgan ko‘rinishda yig‘iladi va ma’lum bir foydalanuvchini shaxsan aniqlash uchun ishlatilmaydi.
7.7. Platformadan foydalanishni davom ettirib, brauzer sozlamalarini o‘zgartirmagan holda, foydalanuvchi cookie’lardan foydalanishga rozilik bildirgan hisoblanadi.
VIII. Operatorning javobgarligi
8.1. Operator o‘z nazorati doirasida shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi va maxfiyligini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi. Nazorat doirasi – Operatorga tegishli yoki ijaraga olingan server va dasturiy ta’minot, Operator tomonidan boshqariladigan himoyalangan ma’lumot uzatish kanallari hamda shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli xodimlar harakatlarini o‘z ichiga oladi.
8.2. Operator foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumot taqdim etilishi, foydalanuvchining xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi, foydalanuvchi tomonidagi uskunalar va dasturiy ta’minotdagi nosozliklar, hamkorlarning o‘z siyosati asosida ma’lumotlarni qayta ishlashi yoki yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari oqibatida yuzaga keladigan zarar uchun javobgar emas.
8.3. Shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq ruxsatsiz kirish, ma’lumotlar oqib ketishi yoki yaxlitlik buzilishi holatlari aniqlansa, Operator darhol zararni kamaytirish, oqibatlarni bartaraf etish va tegishli davlat organlarini xabardor etish choralarini ko‘radi.
8.4. Operatorning shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq harakatlari natijasida zarar yetkazilgan taqdirda, javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va hajmda, Operator aybi isbotlangan taqdirda yuzaga keladi.
8.5. Foydalanuvchi o‘z navbatida taqdim etayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va Platformadan qonuniy foydalanishi uchun javobgar hisoblanadi.
IX. Yakuniy qoidalar
9.1. Ushbu Siyosat Operatorning ichki hujjati bo‘lib, tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga kiradi va uning o‘rniga yangi tahrir qabul qilinmaguncha amal qiladi.
9.2. Siyosatga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Operator direktori tomonidan tasdiqlanadi va Platformada yangilangan matn e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
9.3. Siyosatning amaldagi versiyasi doimo www.finko.uz saytida ochiq e’lon qilinadi va foydalanuvchilar uni istalgan vaqtda ko‘rishlari mumkin.
9.4. Ushbu Siyosat va foydalanuvchilar yoki hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar o‘rtasida farq bo‘lganda, shaxsiy ma’lumotlarni yuqoriroq darajada himoya qiladigan hujat normalari ustuvor hisoblanadi.
9.5. Siyosatda tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Operatorning boshqa ichki normativ hujjatlari bilan tartibga solinadi.
9.6. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha murojaatlar uchun kontakt ma’lumotlari: «FINANCE KO» MChJ, manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, MSG Lolazor, Oybеk ko‘chasi, 18/1-uy; elektron pochta: info@finko.uz; telefon: +998 88 182 99 55.